Maxfiylik siyosati
Gravix platformasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma'lumotlari xavfsizligini ta'minlash bizning ustuvor vazifamizdir.
1. Umumiy qoidalar
Ushbu Maxfiylik siyosati Gravix («Biz», «Platforma») xizmatlaridan foydalanganda foydalanuvchilar va ularning mijozlariga tegishli ma'lumotlarni qanday to‘plash, qayta ishlash va saqlash tartibini belgilaydi.
Biz O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-iyuldagi O‘RQ-547-sonli «Shaxsga doir ma'lumotlar to‘g‘risida»gi Qonuni va amaldagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga qat'iy amal qilamiz.
2. Ma'lumotlarni saqlash joyi
Barcha ma'lumotlar bazalari Toshkentdagi serverlarda joylashgan.
3. Qanday ma'lumotlar yig‘iladi
Foydalanuvchi hisobini yaratishda: ism, telefon raqami, tashkilot nomi va elektron pochta manzili.
AI-bot faoliyati davomida: muloqot matnlari, mijozlar qoldirgan aloqa ma'lumotlari, murojaat vaqti va texnik parametrlar.
Biz mijozlar o‘rtasidagi yopiq yozishmalarni uchinchi tomon umumiy sun'iy intellekt modellarini o‘qitish uchun HECH QACHON foydalanmaymiz. Ma'lumotlar faqatgina sizning xotira bazangiz (RAG) doirasida ishlatiladi.
4. Ma'lumotlar xavfsizligi
Barcha ulanishlar xavfsiz SSL/TLS protokollari orqali shifrlanadi. Tashqi API kalitlari va avtorizatsiya tokenlari ko‘p bosqichli kriptografik usullar bilan himoyalangan.
Har bir mijoz (tenant) ma'lumotlari qat'iy ajratilgan va boshqa mijozlar uchun mutlaqo yopiq hisoblanadi.
5. Bog‘lanish
Maxfiylik siyosati bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, biz bilan info@gravix.uz orqali bog‘lanishingiz mumkin.